OkLyrics A-Z

Yulduz Turdiyeva - Sevolmasang ayt Qo'shiq so'zlari

#Lyrics

(Qo'shiq so'zlari)


Seni deya og`rinar bechora yuragim,
Lahza o`tmay sog`inar tobora yuragim,
Senga tinmay talpinar ovora yuragim,
Yor, qo`lingdan kelmasa, sevolmasang ayt.

O`yla bir bor, qiynamasdan so`ngra afsuslar,
Dunyoda ko`p yolg`onlardan yolg`onchi hislar.
Yoningdaman, boqmasin deb begona ko`zlar,
Yuraging his etmasa, sevolmasang ayt.

Xasta qalbim, xasta bu dil, sen deya bemor,
Yo`q tabibim dardlarimga, tunlarim bedor.


Sevolmasang ayt,
Bora-bora mani borimga ko`nolmasang ayt,
Yana-yana qara holingga, sevolmasang ayt,
Mani-mani-mani yonimga qololmasang ayt,
Ko`nolmasang ayt. (x2)


Qara, sensiz qalbimda dard ketmayabdi hech-hech,
Balki, mehring, e`tiboring yetmayabdi hech-hech,
Sensiz hatto bir kunim tinch o`tmayabdi hech-hech,
Ko`ngling menda bo`lmasa, sevolmasang ayt.

Kelmayabsan, lekin tashlab ketmayabsan hech-hech,
Qancha dardim bor dilimda, sezmayabsan hech-hech.
Sezib-sezib qaytganingda bo`lmaydimi kech-kech?
O`zing istab sevmasang, sevolmasang ayt.

Xasta qalbim, xasta bu dil, sen deya bemor,
Yo`q tabibim dardlarimga, tunlarim bedor.


Sevolmasang ayt,
Bora-bora mani borimga ko`nolmasang ayt,
Yana-yana qara holingga, sevolmasang ayt,
Mani-mani-mani yonimga qololmasang ayt,
Ko`nolmasang ayt. (x2)

3 Like!

1 657

MUSIC VIDEO
Ok Lyrics / Lyrics / Yulduz Turdiyeva - Sevolmasang ayt Qo'shiq so'zlari
  • Shahzoda, Nilufar Usmonova - Mayda-mayda (Qo'shiq so'zlari)
  • MERO - Olabilir Şarkı sözleri
  • Gloria Berger - 200 NA SAT Tekst
  • Lyrics Lyrics »

Popular Lyrics

© OkLyrics.com | All Lyrics | All Artists | Top 500 Lyrics

Copyright (DMCA) / Privacy Policy
All lyrics are property and copyright of their owners. All lyrics provided for educational purposes and personal use only.journalism.co.uk,theworldfolio.com